Allergiya — organizmga ta’sir qiladigan yoki tana bilan aloqada bo’lgan, masalan, hayvonlarning juni, chang yoki ari zahari kabi moddalarga immun tizimining javobidir. Allergik reaktsiyani keltirib chiqaradigan modda «allergen» deb ataladi. Allergen oziq-ovqat, ichimliklar va atrof-muhitda mavjud. Ko’pgina allergenlar zararsizdir, ya’ni ko’pchilikda bu moddalar allergiya chaqirmaydi.
Sog’liqni saqlash organlari ma’lumotiga binoan Shimoliy Amerika va G’arbiy Evropada taxminan 20% odamlar pollinozga duchor bo’lishgan. Taxminan 30-40% odamlar hayotlarining bir qismini allergiya bilan kurashishga sarflaydi. Allergiya eng ko’p bolalarda uchraydi, ayniqsa oziq-ovqatga nisbatan allergiya juda ko’p kuzatiladi.
Immun tizimi alergenga ta’sir qilganda, yallig’lanish va qo’zgalish xususiyati paydo bo’ladi. Belgilar va alomatlar alergen turiga bog’liq. Allergik reaktsiyalar ichakda, terida, sinuslarda, havo yo’llarida, ko’zlar va burun yo’llarida paydo bo’lishi mumkin.
Eng keng tarqalgan allergiya turlari hayvonlarga, oziq-ovqat mahsulotlariga, hasharotlar va tibbiy vositalarga nisbatan kuzatiladi.
Allergiya bilan og’ringan inson shifokor ko’rigidan tez-tez o’tishi, tavsiya qilgan dorilarni muntazam ravishda qabul qilishi lozim. Bu tanadagi allergen moddasini meyorda ushlab turishga yordam beradi.