Yangiliklar

2026-04-04

AKDS qanday vaksina?

topics-img

AKDS – difteriya, ko'kyo'tal, qoqsholga qarshi vaksina
AKDS tavsiri: adsorbirlangan ko‘k yo‘tal-difteriya-stolbnyak vaksinasi, demak, emlashning ta’siri bir vaqtning o‘zida uchta  qo‘rqinchli yuqumli kasalliklardan himoyalaydi.
Ko‘k yo‘tal-difteriya-stolbnyak bolalar uchun nimasi bilan xavfli, va nima uchun “kasallanib” tabiiy immunitet hosil qilib olishdan ko‘ra  emlatib sun’iy immunitet olish yaxshiroq?

Difteriya (bo‘g‘ma) o‘zining yuqumli toksik shok, polinevrit, nefroz, miokardit, nafas yo‘llarini yopilib qolishi kabi og‘ir toksik asoratlari bilan xavfli xisoblanadi.

Stolbnyak generallashgan tetanik changak xolatiga olib kelish darajasida asab tizimining shikastlanishini chaqiradi.

Ko‘k yo‘tal, ayniqsa bir yoshgacha, apnoe (nafasning to‘xtab qolishi) chaqirishi va o‘lim xolatiga olib kelishi mumkin. Og‘ir gipoksiya xolati, changak sindromini va gepoksik ensefalopatiya rivojlanishi  xavfini soluchvi bo‘g‘iq yo‘talish xuruji ushbu kasallikka xosdir.