8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyat boshqarmasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati va jamoa a’zolari ishtirok etdi. Bayram munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan boshqarma boshlig‘i Latif Rustamov barcha xotin-qizlarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, ish faoliyatida ulkan yutuqlar va doimiy bahoriy kayfiyat tiladi.
Shuningdek, u o‘z chiqishida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi tobora ortib borayotganini, ularning fidokorona mehnati va tashabbuskorligi har qanday sohada muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida xotin-qizlarga bag‘ishlangan tabrik she’rlari yangrab, bayramona muhit yaratildi. Soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan faol xotin-qizlarga minnatdorlik bildirildi.