Yangiliklar

2026-03-08

8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" kuni

topics-img

O‘lkamizga biz sog‘inib, orziqib kutgan fasllar ichida eng go‘zali bo‘lmish bahor fasli kirib kelganini atrofimizda xushbo‘y hid taratayotgan turfa gullardan, qiyg‘os ochilib gullayotgan daraxtlardan, yoqimli ovoz ila sayrayotgan qushlarning ovozidan, yuzlaridan nur yog‘ilib, yosharib, kundan-kunga go‘zallashib borayotgan ayollarimizni, opa-singillarimizni, onajonlarimizni ko‘rib his qilishimiz mumkin.
        
Bahor faslining yaqinlashib kelayotgan bayramlaridan eng chiroyli va eng go‘zal bayrami bo‘lmish 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" kuni bilan yurtimizdagi barcha latofatli, malohatli, dilbar onajonlarimiz, buvijonlarimiz, ustozlarimiz va opa-singillarimizni chin yurakdan qutlaymiz!
       
Sizlarga doimo baxtimizga sog‘-omon bo‘lishingizni, bahor gullaridek ochilib, yosharib, go‘zallashib, yuzlaringizdan nur yog‘ilib yurishingizni, yaxshi kayfiyat hech ham tark etmasligini tilab qolamiz.
       
Latif RUSTAMOV,
Sanepidqo‘mita Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i.