Yangiliklar

2026-04-08

7-aprel — butunjahon salomatlik kuni

topics-img

Har yili 7-aprel sanasi butun dunyoda inson salomatligini asrash va mustahkamlashga qaratilgan muhim sana sifatida keng nishonlanadi. Ushbu kun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan e’lon qilingan bo‘lib, sog‘liq – eng katta boylik ekanini yana bir bor eslatadi.

❓Nega bu kun muhim?

Salomatlik – bu nafaqat kasallik yo‘qligi, balki jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlikdir. Bugungi kun bizni o‘z sog‘lig‘imizga befarq bo‘lmaslikka, sog‘lom turmush tarzini tanlashga undaydi.

❓Siz bugun nimalarga e’tibor qaratishingiz kerak?

✔️To‘g‘ri va muvozanatli ovqatlaning;
✔️Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiling;
✔️Jismoniy faollikni kundalik odatga aylantiring;
✔️Profilaktik ko‘riklardan o‘tishni unutmang;
✔️Ruhiy salomatligingizga ham e’tibor bering.